TA'LIM SIFATI NAZORATI BO‘LIMI

 SHUKUROV DILMUROD XURSANOVICH
texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent

  • Qabul vaqti: Dushanba, Chorshanba, Juma – 09:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon raqami: +998 91 585 83 90
  • Elektron pochta: shdilmurod@dtpi.uz

Biografiya

2010-2014-yy. – Termiz davlat universiteti kimyo ta’lim yo‘nalishi talabasi.

2014-2016-yy. – Termiz davlat universiteti magistratura  bo‘limi  talabasi.

2016-2018-yy. –Termiz davlat universiteti “Kimyo” kafedrasi o‘qituvchisi.

2018-2020-yy  – Termiz davlat universiteti “Noorganik va analitik  kimyo” kafedrasi o‘qituvchisi.

2020-2022-yy – Termiz davlat universiteti “Noorganik va analitik  kimyo” kafedrasi tayanch doktoranti.

2020-2023-yy – Termiz davlat universiteti “Noorganik kimyo” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2023-2024-yy – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2024-yil 4-sentyabrdan 2025-aprel oyigacha Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Magistratura bo‘limi” boshlig‘i.

2025-yil 2-iyundan h.v – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Ta’lim sifatini nazorati”  bo‘limi boshlig‘i.

 

Bo‘limni tashkil etilishi haqida

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, bevosita Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarkibiga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-76-sonli Farmoniga asosan “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzirida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etildi.

Farmonining 7-bob, “v” bandi bilan ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining nomi ta’lim sifati nazorati bo‘limiga o‘zgartirildi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektorining 2025-yil
15-avgustdagi “Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining nomini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 197-A-sonli buyrug‘i bilan  Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining nomi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ta’lim sifati nazorati bo‘limiga o‘zgartirildi.

Bo‘lim faoliyati haqida

Bo‘lim o‘z faoliyatini: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi qaror va buyruqlari, O‘zbekiston respublikasi prezidenti administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash Milliy agentligi hamda institut rektori buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga, shuningdek bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.

Bo‘limda amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kamchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda institut rektoriga hamda Ta’lim sifatini ta’minlash Milliy agentligiga taqdim etadi.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

– ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

– institutda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;

– institut talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;

– ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

– kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

– institutni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni institut rektoriga hamda ta’lim sifatini taminlash Milliy agentligiga taqdim etish;

– attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda institutda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;

– ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;

– ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini  tahlil qilish;

– institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritish;

– institut professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos – ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni institut rektoriga ma’lum qilish;

– institutning o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;

– ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;

– institutda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;

– ta’lim sifatini ta’minlash Milliy agentligining topshirig‘iga binoan institut reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;

– talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini  baholash;

– institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;

– bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va institut hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;

– institut reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni institut rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;

– institut tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish;

– institutda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;

– o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;

– institut Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;

– ta’lim sifati holatini o‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etish.