🏛 Dtpi Xorijiy til va adabiyoti quyi kurslar kafedrasi o‘qituvchisi Sarvar Hafizov hozirda Hindiston Respublikasining Haydarobod shahrida joylashgan Ingliz va xorijiy tillar universitetida (The English and Foreign Languages University) o‘tkazilayotgan “Proficiency Development Programme for English Teachers (Iteration–I)” kursida ishtirok etmoqda.
☝️Mazkur bir oy davom etadigan kurs ITEC (Indian Technical and Economic Cooperation Programme) dasturi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, unda 30 dan ortiq davlatlardan 60 nafardan ziyod ishtirokchilar qatnashmoqda. Dastur zamonaviy ta’lim metodlarini o‘rganish, xorijiy tajriba almashinuvi hamda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
✅ Malaka oshirish davomida olingan bilim va tajribalarni institutimiz o‘quv jarayonida qo‘llash hamda talabalarga zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida ta’lim berish rejalashtirilgan.