📣 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Yangi O’zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” shiori ostida 2026-yil 14-yanvar kuni erkaklar o‘rtasida sportning “Futbol” turi bo‘yicha “Institut Kasaba uyushmasi ko‘chma kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
📜 Musobaqaga institutimizning barcha erkak professor-o‘qituvchilari va xodimlarini taklif etamiz.
🏆 G‘olib jamoalar Kasaba uyushmasi tomonidan: 1- o‘rin: kubok, diplom, 1 500 000 so‘m; 2- o‘rin: diplom, 1 000 000 so‘m; 3- o‘rin: diplom, 500 000 so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
⏰ O’tkazilish vaqti: joriy yil 14-yanvar, soat 14:00 da. 📌Manzil: Gulira’no ko’chasi 1-“A” uyda joylashgan binoning sport inshooti.