Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 5-dekabrdagi “Barcha oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilarining qishki ta’tilini tashkil etish hamda ta’til davrini mazmunli o‘tkazish to‘g‘risida”gi 479-sonli buyrug‘i ijrosini ta‘minlash maqsadida O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i B.Primkulov hamda Registrator ofisi menejeri N.Qo‘zimurodovlar tomonidan Pedagogika fakulteti professor-oʻqituvchilari uchun oʻquv dasturlarini TOP-300 oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari asosida maqbullashtirish hamda HEMIS platformasida oʻquv jarayonlarini tashkil etish boʻyicha oʻquv seminari tashkil etildi.
O‘quv seminarida institutimiz rektori O.A.Ruziyev ham ishtirok etdi va seminar ishtirokchilarining savollariga javob berdi.