“Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika ko‘rik-tanlovi yakunlandi

26/12/2025

🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika ko‘rik-tanlovi yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning barcha nominatsiyalari bo‘yicha saralash jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

☑️Bugun “Yilning eng faol ijodkor talabasi” hamda “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyalari bo‘yicha ishtirokchilarning taqdimotlari baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, nominatsiya g‘oliblari ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

“Yilning eng faol ijodkor talabasi”
🥇1-o‘rin: Qahramon Sattixo‘jayev – NamDU talabasi;
🥈2-o‘rin: Nilufar Ruxillayeva – O‘zMU talabasi;
🥉3-o‘rin: Umida Tursinbayeva – O‘zDK Nukus filiali talabasi;
🥉3-o‘rin: Aziza Shaxobiddinova – ADPI talabasi.

“Yilning eng faol tadbirkor talabasi”
🥇1-o‘rin: Shaxzoda Imomaliyeva – DTPI talabasi;
🥈2-o‘rin: Zebiniso Tairova – NDPI talabasi;
🥈2-o‘rin: Mohinur Orifjonova – FarDU talabasi;
🥉3-o‘rin: Go‘zal Yusupova – O‘zMPU talabasi.

↪️Tanlov bo‘yicha taqdimotlar yakunlanganidan so‘ng, Markaz rahbari Abdumalik Akramov tanlov ishtirokchilarini adolatli va shaffof baholab borgan Hakamlar hay’ati a’zolariga tashakkurnomalar topshirdi. Shuningdek, nominatsiyalar bo‘yicha 4-, 5-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga vazirlik faxriy yorliqlari berildi.

☑️Eslatib o‘tamiz, tanlovning barcha nominatsiyalari bo‘yicha uchala o‘rin g‘oliblari tantanali taqdirlash marosimida maxsus statuetka, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli darajadagi diplomlari va mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 15, 10 va 8 barobari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.