Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Prezident archasi” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Tadbirda so‘zga chiqqan Denov tumani hokimi v.b. I.Saparov bolajonlarni, tadbir ishtirokchilarini Prezidentimiz nomidan Yangi yil bayrami bilan tabriklab, 85 nafar ota-ona qarovisiz qolgan bolalarga “Prezident sovg‘a”larini topshirdi.
Bayramda bolajonlar o‘ynab-kuldilar. Tadbir shukuhli va esda qolarli voqealarga boy bo‘ldi. Unda bolajonlar hamda ularning yaqin qarindoshlari, ustozlari ishtirok etishdi.