⚡️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida “Dekan va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda fakultet dekani M.Toshboboyev, “Axborot texnologiyalar” kafedrasi mudiri R.Mamajonov, kafedra professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
✅ Uchrashuv ochiq formatda bo’lib o’tdi. Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha rektorlar forumida berilgan vazifalar bo‘yicha ma‘lumotlar berildi.
📌 Jarayon davomida talabalar tomonidan aytilgan bir qator muammo va takliflar bo’yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.