“O‘zbekiston-Ozarbayjon” xalqaro qo‘shma tanlovi

18/12/2025

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Ozarbayjon Respublikasining SDU — Sumqayt Davlat Universiteti o‘rtasida “O‘zbekiston–Ozarbayjon” xalqaro qo‘shma tanlovida ishtirok etish masalalariga bag‘ishlangan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🖇 Mazkur uchrashuvda har ikki davlat oliy ta’lim muassasalarining rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida xalqaro qo‘shma tanlov doirasida ishtirok etish uchun ilmiy loyihalar mavzulari, hamkorlik yo‘nalishlari hamda kelgusidagi qo‘shma tashabbuslar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

📌 Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro tanlovlarda qo‘shma ishtirokni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.