Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha rektorlar forumi
13/12/2025
⚡️ Bugun, 13-dekabr kuni soat 10:30 da “Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha rektorlar forumi” bo‘lib o‘tadi. Unda respublikamizning 200 dan ortiq oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, soha mutaxassislari va yetakchi ekspertlar ishtirok etadi.
📌 Forumda taʼlim jarayonlariga sunʼiy intellektni joriy etish, raqamli transformatsiyani jadallashtirish hamda taʼlim sifati va samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinadi. Mazkur tadbirda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O. Ruziyev ham qatnashmoqda.