Jarayon

02/12/2025

DTPI rektori O.A. Ruziyev doktorantlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Uchrashuv jarayonida ilmiy salohiyatni rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, doktorantlarning ilmiy izlanishlariga oid dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashilmoqda. Rektor ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish, metodologik yondashuvlarni takomillashtirish hamda yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘z mulohazalarini bildirmoqda.

📌 Shu bilan birga, O.A. Ruziyev doktorantlarning ilmiy loyihalari, ularning taklif va tashabbuslari bilan tanishib bormoqda. Uchrashuv ilmiy muhitda ochiq muloqot, konstruk­tiv fikr almashinuvi va hamkorlik ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Hozirgi suhbat davomida doktorantlar o‘z ilmiy g‘oyalari bilan o‘rtoqlashib, rektor tomonidan berilayotgan tavsiyalarni tinglamoqda.