Jarayon

02/12/2025

📘 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga oid qo‘shma murojaati Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ham o‘qib eshittirildi.

📢 Qo‘shma murojaat mazmuni institut professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda ota-onalarga muntazam ravishda yetkazilib, undagi muhim ogohlantiruvchi fikrlar orqali ularning xabardorligi yanada oshirildi.

🏛 Murojaatni yetkazish jarayoni Denov tuman prokuraturasi tergovchisi Shorofiddin Hafizov va institut mas’ul xodimlari ishtirokida amalga oshirildi. Murojaatda yoshlarni giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida ogohlantirish, ularni turli xavf-xatarlardan xabardor qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi.