Yana bir xush xabar. “Islohotlar bilimdoni” respublika tanlovida tyutorimiz 2-o‘rinni egalladi.
01/12/2025
🟢Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan bir necha yillardan beri muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovi ta’lim muassasalari pedagoglari va talabalari uchun muhim ijodiy-ma’rifiy maydonga aylangan.
🟢Quvonch bilan ta’kidlaymizki, ushbu nufuzli tanlovning “Eng yaxshi tyutor” nominatsiyasida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutori Xidirov Boburjon Tojimurodovich ishtirok etib, 200 ga yaqin davlat OTM va nodavlat OTM vakillari ichida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
🟢Bu yuksak natija — nafaqat fakultet, balki butun DTPI jamoasi uchun katta faxr va g‘ururdir. Boburjon Tojimurodovichning yoshlar bilan ishlashdagi namunali tajribasi, tashabbuskorligi va mas’uliyatli mehnati munosib e’tirof etildi.
✨DTPI jamoasi nomidan Boburjon Xidirovni tabriklaymiz.