Zōravonlikka barham beriş uçun birlaşaylik

27/11/2025

✅ Joriy yilning 26-noyabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti xotin-qizlar maslahat kengaşi, tuman Oila va xotin-qizlar bōlimi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda Tuman IIB hamkorligida Butunjahon ayollarga nisbatan zōravonlikka barham beriş kuni munosabati bilan “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zōravonlikka barham beriş uçun birlaşaylik” şiori ostida keng qamrovli tadbir taşkil etildi.

📌 Tadbirda tazyiq va zōravonlikdan jabr kōrgan xotin-qizlar, notinç va nizoli oilalarda istiqomat qiluvçi ayollar hamda talaba qizlar iştirok etdilar. Hozirgi kunda tazyiq va zōravonlik holatlarining oldini oliş bōyiça yaratilayotgan imkoniyatlar, ayollar mavqeini oşirişga qaratilgan islohotlar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.

🌟 Şuningdek, tazyiqqa uçragan har bir xotin-qiz davlat himoyasiga olinişi ayollarning oilada va jamiyatda munosib ōrin egallaşiga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.