Kibermadaniyatni yuksaltiriş

26/11/2025

⚡️ Bugun Tadbirkorlik va boşqaruv fakultetida talaba-yoşlar iştirokida 1–30 noyabr kunlari davom etayotgan “Kibermadaniyatni yuksaltiriş” profilaktik tarḡibot oyligi doirasida uçraşuv bōlib ōtdi.

✅ Tadbirda viloyat IIB “Kiberxavfsizlik” bōlimi tezkor vakili, kapitan F. Xoliqov, institut profilaktika katta inspektori, mayor O. Toştemirovlar tomonidan bugungi kunda jiddiy xavfga aylanib borayotgan kiberjinoyatlar, ularning salbiy oqibatlari, kibermadaniyatni şakllantirişda eʼtibor qaratilişi zarur bōlgan muhim jihatlar, şuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişda xuşyor bōliş haqida batafsil tuşunçalar berildi.

💳 Şuningdek, bank kartalaridan tōḡri foydalaniş tartibi, begona APK fayllarini oçmaslik, şaxsiy maʼlumotlarni himoya qiliş bōyiça tavsiyalar ham taʼkidlab ōtildi.

🎥 Uçraşuvda masʼullar tomonidan videoroliklar namoyiş etilib, hayotiy misollar asosida yoşlar ongiga mavzuning mohiyati yetkazildi.