Bugun yurtimizda kasaba uyushmalari harakati shakllanganiga 120 yil to‘lmoqda. Bu sanani mehnat jamoalari hayotida adolat, birdamlik va ijtimoiy mas’uliyat kabi qadriyatlarning mustahkamlanishida muhim bosqich sifatida e’tirof etamiz. O‘zbekiston Respublikasida 11-noyabrning Kasaba uyushmalari kuni etib belgilanishi esa ushbu tizimning jamiyat rivojidagi o‘rniga berilgan yuksak e’tiborning dalilidir. Bugungi kunda kasaba uyushmalari mamlakat bo‘ylab keng jamoatchilikni birlashtirib, mehnat munosabatlarida qonuniylik va ijtimoiy adolatni ta’minlashga xizmat qilmoqda. DTPI jamoasi nomidan barcha kasaba uyushmalari xodimlari, faollari va fidoyi mehnatkashlarni ushbu tarixiy sana bilan chin dildan muborakbod etamiz.