Ochiq dars jarayoni

08/11/2025

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi Saidova Parvina Mirzo qizining “Art pedagogika” fanidan ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi.

Ochiq dars mashg’uloti “Qo’g’irchoq terapiyasi” mavzusi asosida yuqori saviyada tashkil etildi. Mashg’ulot davomida siyosiy fanlar doktori, professor Bo’tayev Usmonjon Xayrullayevich, p.f.f.d., PhD Salomova Ra’no Vassiyevna, p.f.f.d., PhD Boboqulova Dilfuza Mengliboyeva hamda kafedraning professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.

Mashg’ulot davomida qo’g’irchoq terapiya tarixi, tamoyillari, usullari, psixoterapevtik ahamiyati va imkoniyatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirildi.

Shuningdek, qo’g’irchoqlar bilan metaforik ish bosqichlarini amalga oshirish uchun milliy xalq ertagimiz “Zumrad va Qimmat”, xorij ertagi “Oppoqoy va yetti mitti odam” ertagini sahnada jonlantirishdi.