“Anʼanaviy çolḡularning musiqa sanʼatida tutgan ōrni va ahamiyati”
04/11/2025
🗓 Denov tuman 14-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida “Anʼanaviy çolḡularning musiqa sanʼatida tutgan ōrni va ahamiyati” mavzusida mahorat darsi ōtkazildi.
👨🏫 Darsni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Maktabgaça taʼlim kafedrasi katta ōqituvçisi Avloqulov Dilovar Xaitboboyeviç olib bordi.
🔷 Ustoz dars davomida milliy çolḡularimiz — 🎻 dutor, tanbur, gijjak, rubob, nay 🎶 kabi asboblarning tarixi, ovoz ohangi va ijro uslublari haqida batafsil maʼlumot berdi.
💬 Tadbir sōngida iştirokçilar milliy çolḡularni ōrganişning yoşlar tarbiyasidagi ahamiyatini alohida taʼkidlab, bunday darslar ōquvçilarda milliy iftixor, sanʼatga mehr va estetik did uyḡotişini qayd etdilar.
🌿 Uşbu mahorat darsi yoş isteʼdodlar qalbida milliy sanʼatga bōlgan qiziqişni yanada oşirib, anʼanaviy musiqamizni asrab-avaylaşga xizmat qiladi.