Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedrasi
Professor
Dotsent
Katta o‘qituvchi
O‘qituvchi
PhD va DSc
Umumiy ma’lumot
“Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi 2023-yilda t.f.d (DSc)., professor Ismatov Sunnatullo Shamsullayevich tashabbusi bilan tashkil etilgan.
Hozirgi kunda ham kafedraga texnika fanlari doktori, professor Ismatov Sunnatullo Shamsullayevich rahbarlik qilmoqda.
Kafedrada 14 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadilar, jumladan, 2 nafar fan doktori (DSc), 2 nafar professor ilmiy unvonli, 8 nafar fan nomzodlari va falsafa doktorlari (PhD), 2 dotsent ilmiy unvonli va 3 nafar o’qituvchilardir. Ilmiy salohiyat 76,92% ni tashkil etadi.
Kafedrada 60530100 – Kimyo (turlari bo‘yicha), 60710100 – Kimyo muhandisligi va 60720100 – Oziq-ovqat texnologiyasi (Ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, 70530101– Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha) magistratura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanadi.
Ilmiy faoliyat
“Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi jamoasi 2023-2025 yillarda samarali natijalarga erishdi, jumladan, kafedra professor-o‘qituvchilari 2 nafar fan doktori (DSc), 1 nafar professor, 1 nafar dotsent va 5 nafar texnika va kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diplomlariga ega bo‘ldilar.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 1 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma va 10 ta monografiya, xalqaro («Web of Science», «Scopus» jurnallarda) va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnal, ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamlarida 100 tadan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr etildi.
Doktorlik dissertatsiyalari himoyalari: S.Sh.Ismatov. (DSc, 2024 y.), A.X.Raximov. (PhD, 2024 y.), X.R.Karimov. (PhD, 2024 y.), I.I.Bozorov (PhD, 2024 y.), B.Sh.Primkulov (PhD, 2024 y.), B.M.Xusanov. (PhD, 2024 y.), D.X.Shukurov. (Dotsent, 2024 y.), S.Sh.Ismatov. (Professor, 2025 y.), X.A.Adinayev (DSc, 2025 y.).
Xalqaro hamkorlik faoliyati
Kafedra professor-o‘qituvchilari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida joylashgan Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston pedagogika universiteti, Tojikiston milliy universiteti, Tojikiston Davlat texnologiya universiteti va Qozog‘iston Respulikasi Qozog‘iston Davlat texnika universiteti davlatlar bilan ta’lim tizim pedagoglarining malakasini hamda talabalarning Kimyo va kimyoviy texnologiya fanlariga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida xalqaro hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, Hindiston davlatining Nyu Dehli shahariga 2024-yilning 20-may-5-iyun kunlari kafedra v.b dotsenti X.X.Kulbasheva malaka oshirish kursini o‘tadi.
ISMATOV SUNNATULLO SHAMSULLAYEVICH
Ilmiy darajasi: texnika fanlari doktori
Ilmiy unvon: professor
Qabul kunlari: Dushanba, Seshanba – 10:00 dan 14:00 gacha
Telefon raqami: +998 93 471 53 72
Bakalavr
Organik kimyo
Umumiy kimyoviy texnologiya
Sanoat katalizatorlari va adsorbentlari
Organik sintez asoslari
Organik moddalar sintezi
Organik moddalarni spektral usulda tadqiq qilish
Noorganik moddalar sintezining nazariy asoslari
Organik sintez korxonalarini loyihalash asoslari
Noorganik kimyo
Kimyo tarixi
Kvant kimyosi va kvant mexanikasi
Modda tuzilishi
Аnalitik kimyo
Nanokimyo va nanotexnologiya
Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi
Kolloid kimyo
Kimyo oʼqitish metodikasi
Kompleks birikmalar kimyosi
Bioorganik kimyo
Kimyoviy texnologiya
Oziq-ovqat kimyosi va tahlili
Magistratura
Kimyoning zamonaviy muammolari
Kimyoda zamonaviy kompyuter modellashtirish usullari
Organik kimyoda gaz va suyuqlik xromatografiyasi
Organik moddalarning reaksion qobiliyati va selektivligi
Tabiiy biologik faol moddalar kimyosi