Tarix va falsafa kafedrasi

Professor

0

Dotsent

0

Katta o‘qituvchi

0

O‘qituvchi

0

PhD va DSc

0

Umumiy ma’lumot

        “Tarix va falsafa” kafedrasi 2020-yil avgustda falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori  Oliya Muhammadiyeva  tashabbusi bilan tashkil etilgan.

        Hozirgi kunda kafedraga tarix fanlari falsafa doktori, professor D.Yakubova rahbarlik qilmoqda.

        Kafedrada 28 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadilar, jumladan,  Tarix fanlari falsafa doktori, professor 1 nafar,  dotsent  6 nafar,  5 nafar fan nomzodlari va falsafa doktorlari (PhD), 6 nafar katta o’qituvchilar va 10 nafar o‘qituvchilardan iboratdir. Ilmiy salohiyat 42% ni tashkil etadi.

        Kafedrada 60220300 – Tarix bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.

Ilmiy faoliyat

         “Tarix va falsafa” kafedrasi jamoasi 2024-2025 yillarda samarali natijalarga erishdi, jumladan, kafedra professor-o‘qituvchilari 1 nafar professor, 1 nafar dotsent va 3 nafar tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diplomlariga ega bo‘ldilar. 

         Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 6 ta darslik, 15 ta o‘quv qo‘llanma va 20 ta monografiya, xalqaro («Web of Science», «Scopus» jurnallarda)  va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnal, ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamlarida 300 tadan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr etildi.

        Doktorlik dissertatsiyalari himoyalari: Yakubova D. (PhD, 2021 y.), Nazirov B. (PhD, 2022 y.), Xasanova N. (PhD, 2022 y.), Xo’janova T. (PhD, 2021 y.), Raxmatov E. (PhD, 2024 y.), Muminov U. (PhD, 2024 y.), Ahmedov S. (PhD, 2023 y.), Dulanov O. (PhD, 2022 y.), Normamatova P. (PhD, 2025 y.), Tursunov J (2000y.).                                            

Xalqaro hamkorlik faoliyati

        Kafedra professor-o‘qituvchilari Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan Firat universiteti bilan Turkiy davlatlar ta’lim tizim pedagoglarining malakasini hamda talabalarning Tarix faniga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida xalqaro hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, 2024-yilning 20-may-27-may kunlari kafedra dotsenti D.Yakubova hamda N.Xasanova Firat universitetida malaka oshirish kursini o‘tadi.

        Kafedra xorijiy mamlakatlar, xususan, Tojikiston, Qozog‘iston,  hududlaridagi unversitetlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston unversiteti, Tojikiston milliy unversitetlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

YAQUBOVA DILARAM TADJIYEVNA

Ilmiy darajasi: tarix fanlari bo’yicha fan nomzodi

Ilmiy unvon: professor

Qabul kunlari: Dushanba, Chorshanba – 09:00 dan 16:30 gacha

Telefon raqami: +998 90 920 34 78

Elektron pochta: diloromYaqubova09@gmail.com

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Ut elit tellus, luctus nec ullamcorper mattis, pulvinar dapibus leo.