🎯 Bugun institut rektori Oybek Abdumo‘minovich Ruziyev Prezidentimiz topshirig‘iga asosan sun’iy intellektni rivojlantirish masalalari yuzasidan “Axborot texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
💡 Uchrashuvda sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga joriy etish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini kengaytirish va talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘nalishlari muhokama qilindi.
📍 Rektor institutda sun’iy intellekt laboratoriyasini tashkil etish, o‘qituvchilarni xalqaro tajriba asosida malakasini oshirish, shuningdek, Coursera, EdX, Udemy kabi platformalar orqali o‘qituvchilar va talabalarning bilimini boyitish zarurligini ta’kidladi.
🤝 Uchrashuv yakunida kafedra jamoasiga sun’iy intellekt sohasida amaliy loyihalar ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga ilg‘or raqamli texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.