Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 1-kurs kunduzgi bo‘lim talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlandi.
🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.Allayarovalar, Filologiya hamda Aniq va tabiiy fanlar fakultetlaridagi 1-kurs kunduzgi bo‘lim talabalari uchun bo‘lib o‘tayotgan yakuniy nazorat imtihonlari jarayonlarini adolatli va shaffof tarzda o‘tayotganligini ko‘zdan kechirdilar.
⚡️Yakuniy nazorat imtihonlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 2 dekabrdagi «Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 452-sonli buyrug‘i asosida tashkil qilinmoqda.
✅ Barcha imtihonlar ovozli video-kuzatuv kameralar bilan jihozlangan auditoriyalarda tashkil etilgan va imtihon jarayonlarini https://dtpi.uz saytidan kuzatish mumkin.