Hurmatli hamkasblar va talabalar!

21/10/2025

Bugun millatimizning ruhiy merosi, madaniyatimizning ajralmas qismi bōlgan ōzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan muhim kunni nişonlamoqdamiz. Ōzbek tili – xalqimizning milliy birdamligi, maʼnaviy yuksalişi va taraqqiyotining asosidir.

Maʼlumki, milliy til har bir madaniy xalqning tarixi va ōzligini, ruhiy-maʼnaviy dunyosini ōzida aks ettiradigan tengsiz boylikdir. Qadimiy tariximizning eng oḡir va sinovli davrlarida ham bizni yagona xalq sifatida birlaştirib, azaliy qadriyatlarimizni asrlar oşa bezavol saqlab kelayotgan ona tilimizni har qança ardoqlasak, uluḡlasak arziydi.

21-oktabr “Ōzbek tiliga – davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan sizlarni samimiy muborakbod etaman. Barça işlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman!

Oybek Ruziyev,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori