Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 36 yil toʻldi
18/10/2025
🖌 Shu munosabat bilani Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida (oʻqituvchi) S.Roziqova tashabbusi bilan “Til-millat koʻzgusi” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
📚 Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 118-guruh talabalari til sehri va jozibasini aks ettiruvchi she’rlar yod aytishib, oʻz iste’dodlarini namoyon etishdi.
🌷 Mavzu doirasida Filologiya fakulteti dekani M.Nosirova, dekan oʻrinbosari N.Shaymardonova hamda Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Z.Suvonovlar oʻz fikr mulohazalarini aytib oʻtishdi.