Jarayon
Kecha Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalariga Germaniya va Bolgariyada Work and Travel dasturi bo‘yicha Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i J. Ergashov tomonidan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida dasturning afzalliklari va chet elda ishlash, faoliyat yuritish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, dasturga qanday arizalar topshirilishi va uni muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qizg‘in muhokamalar o‘tkazildi.
Qolaversa, talabalar uchun bu imkoniyatlar, nafaqat malakali ish tajribasini oshirish, balki yangi madaniyat va tillarni o‘rganish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.
9