Axborot texnologiyalari kafedrasi

Professor

0

Dotsent

0

Katta o‘qituvchi

0

O‘qituvchi

0

PhD va DSc

0

Umumiy ma’lumot

Axborot texnologiyalari kafedrasining tarixi

“Moliya va raqamli axborot texnologiyalari kafedrasi 2020-yil 3-noyabrdagi institut rektorining buyrug‘iga asosan tashkil etilgan bo‘lib, bu kafedraga asos slogan dots.R.Y.Mamajanov asos solgan. 2021 yil kafedra nomi qayta ko‘rib chiqildi va “Axborot texnologiyalari” deb o‘zgartirildi va kafedraga katta o‘qituvchi S. Jumayev mudir deb tayinlandi. 2022 yil dots. Z.Maxmudov mudir etib tayinlandi. 2023 yil Z.Maxmudov boshqa ishga o‘tganligi sababli, kafedra mudiri katta o‘qituvchi T.Rajabov tayinlandi. 2024 yil kafedra mudiri t.f.n., dots. R.Mamajanov mudir etib tayinlandi. R.Y. Mamajanov rahbarligida “Ankalogik kassalliklarni erta aniqlashning dasturiy ta’minotini yaratish” bo‘yicha ilmiy olib borilmoqda. Kafedada iqtidorli yosh mutaxassislar shu sohada ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Ulardan biri “Sut bezi saraton kasalliklarini erta aniqlashda xatoliklarni minimallashtirishga asoslangan tashxislash algoritmi” deb nomlanib, bu sohada professor A.X. Nishanov, dots. R.Mamajanov, doktorant Sh.Xaydarov, katta o‘qituvchi F.Mengturayev faol ish olib bormoqdalar.

Keyingi yo‘nalish Informatika darslarida “Raqamli ta’limning innovatsion shakl va texnologiyalaridan kompleks foydalanishning metodik tizimini takomillashtirish” deb nomlanib, bu sohada professor B.Radjabov, dots. R.Mamajanov, katta o‘qituvchilar
A. Xolbekov, Sh.Merganov samarali ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (informatika), Pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 

 


 

Axborot texnologiyalari  kafedrasining faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.06.2021 yildagi
373-son
qarori. Axborot texnologiyalari va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Axborot texnologiyalari  va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida 28.04.2020 yildagi PQ-4699-son qarori ijrosini ta’minlash ustida faoliyat olib bormoqda. 

Mavjud yo‘nalishlar:

60610500 Kompyuter injinering (kunduzgi)

60110600 Matematika va informatika (kunduzgi)

60110600 Matematika va informatika (sirtqi)

60610500 – Sun’iy intellekt (kunduzgi)

ta`lim yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlar tayyorlanib kelinmoqda.

70610101 – Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti  ta`lim mutaxassisligi bo`yicha Rossiya Federasiyasining Oltoy davlat universiteti bilan qo‘shma magistratura tashkil etilgan va shuningdek, 70610101 – Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti magistratura tashkil etilgan.

Bundan tashqari ikkinchi oliy ta`lim 60610500 Kompyuter injinering  yo‘nalishi mavjud.

   Axborot texnologiyalari  kafedrasining asosiy maqsadi 

Institut talabalarini bakalavriyat hamda magistrantlarini sifatli etuk kadr qilib o‘qitish, ta’lim sifatini oshirish va mutaxassislar tayyorlashning uslubiy ta’minotini takomillashtirishdir.

    Axborot texnologiyalari kafedrasining vazifalari

          Bugungi raqamlashib borayotgan iqtisodiyotimizni, shuningdek, jahon tajribalarini mamlakatimiz iqtisodiyotiga tadbiq etish yo‘llari, kundalik hayotda qollaniladigan zamonaviy texnologiyalarini o‘rgatish orqali yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdir. Yuqoridagilarga muvofiq, oquv dasturi zamonaviy Axborot texnologiyalarini va dasturlash asoslarini organishning nazariy va amaliy jihatlarini o’z ichiga oladi.


 

          Axborot texnologiyalari  kafedrasining missiyasi

          Ta’lim standartlariga muvofiq chuqur nazariy va amaliy bilim va vakolatlarga ega bolgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash boyicha oquv, oquv-uslubiy va ilmiy ishlarni sifatli darajada tashkil etish va amalga oshirish, kafedra profilidagi ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishdan iborat.

          Kafedrada ozbek, tojik, rus yo‘nalishlari va mutaxassisliklari mavjud. Mutaxassislik fanlari malakali professor – oqituvchilar tomonidan ozbek, tojik va rus tillarida olib boriladi. Darslar 1, 2, 3, 4 va 5- kurslarda fan dasturi (sillabus) asosida  tasdiqlangan jadval boyicha ma`ruza, seminar, laboratoriya va amaliy mashgulotlar shaklida amalga oshiriladi. Kafedra oqituvchilari Hemis platformasiga oquv kontentlari (maruza, seminar, amaliy mashg‘ulot, video) materiallarini tayyorlaydilar va joylashtiradilar. Talabalarning faoliyati turli xil an’anaviy va muqobil baholash vositalari orqali tahlil qilinadi.

Axborot texnologiyalari kafedraning vazifalari:

1.1. Barcha o‘quv shakllari bo‘yicha Oliy ta’limning DTS (Davlat ta’lim standartlari)lariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarida belgilangan

         ma’ruzalar;

         amaliy mashg‘ulotlar;

         labaratoriyalar va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy  uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;

1.2. Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga, bitiruv malakaviy ishlariga, magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish, talabalar bilimini baholashning reyting nazoratini joriy etish va mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

1.3. Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash;

1.4. Darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy va metodik ko‘rmatmalarni tayyorlash;

1.5. Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash;

1.6. Belgilangan tartibda professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etish hamda ularning Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etishini ta’minlash;

1.7. Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokamadan o‘tkazish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

1.8. Budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida sanoat, qishloq xo‘jaligi korxonalari, kooperativlar, dehqon, fermer va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;

1.9. Oliy o‘quv yurtini bitirganlar va mazkur kafedrada stajortadqiqotchi-izlanuvchilikni o‘taganlar monitoringini olib borish hamda ular bilan muntazam aloqalarni tashkil etish;

1.10. Xorijiy hamkorlik, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish va hakozolar.

 

Kafedraning ish faoliyati

2.1. Kafedraning yillik ish rejasi bo‘lishi, rejada o‘quv yili davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar to‘la qamrab olinishi lozim;

2.2. Kafedraning ish rejasida kafedra majlisi bir oyda kamida ikki marta o‘tkazilishi belgilangan bo‘lishi, uning kun tartibi va o‘tkazilish sanasi aks etishi lozim;

2.3. Kafedrada o‘tkazilgan majlis kun tartibidagi har bir masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinishi va majlis bayonnomasida qayd qilinishi lozim.

Axborot texnologiyalari  kafedrasining ilmiy-tadqiqot faoliyati

          Axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan darslik, o`quv qo`llanma va monografiyalar:

    D.O.Ximmataliyev, F.B. Osman, J.F.Ravshanov, R.R.Karimov, X.M.Ochilova, Sh.A.O‘Sarov, R.Y.Mamajanov, N.J.Eshnaev Kreativ Pedagogika Pedagogika oliy talim muassasalarining 60110100-Pedagogika talim yo‘nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. 2023., Namangan.   

R.Y. Mamajanov: Xalqaro axborotlar bazasi bilan ishlash. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: 2022.

E.I.Saidaxmedov: Kiberxavfsizlik asoslari o‘quv qo‘llanma. Toshkent: 2023

A.Xolbekov: Axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: 2022

R.Y.Mamajanov Разработка методов и алгоритмов адаптивного распознавания  дорожных знаков ограничения скорости. Информатика ва Энергетика муаммолари №1, 2021 йил.

R.Y.Mamajanov Использование компьютерных технологий на уроках начальной математики. Academic research in educational sciences. CSPU Conference Страницы 4-6, 2023.

  R.Y.Mamajanov Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Informatika o’qitishni takomillashtirishning pedagogik shart sharoitlari. Toshkent davlat pedagogika universiteti. 10_сон_2023. 297-302 bet.

R.Y.Mamajanov Oliy pedagogik ta’limda aniq fanlarni samarali o’qitishning konseptual

muammolari. Maqola (Maxalliy jurnal) ГулДУ ахб 2023_ijt №3. 2023 №3. 122-127 bet.

R.Mamajanov Oliy ta’limda о‘qitish sifatini oshirish muammolari. Тошкент вилояти Чирчик давлат педагогика университети. 2023, Sciences, 4(2), 214–220.

R.Mamajanov, I.M.Boynazarov “Algoritmlarni loyihalashtirish va tahlil qilish” o‘quv qo‘llanmasini. Grif 2025 yil 21 avgust 316-sonli buyruq.  №939133.

R.Mamajanov Ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan kompleks foydalanishning metodik tizimini takomillashtirish. UO‘K 004.02;37.091.33, KBK 73, M 49, ISBN 978-9910-596-26-1.

Axborot texnologiyalari  kafedrasining xalqaro aloqalari

Kafedra mahalliy va xorijiy universitetlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi, masalan, Turkiya davlatining Firat universiteti, Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti, Sadriddin Ayniy nomidagi TDPI, Altay davlat universiteti, Qozon federal universiteti hamda Olmaota menejment universiteti. Har yili hamkorlik doirasida Iqtisodiyotni raqamlashtirish masalalari yuzasidan ilmiy seminarlar, treninglar, uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkaziladi.

MAMAJONOV RAXMATILLA YAKUBJANOVICH

Ilmiy darajasi: texnika fanlari nomzodi

Ilmiy unvon: dotsent

Qabul kunlari: Dushanba, Chorshanba – 09:00 dan 16:30 gacha

Telefon raqami: +998 97 002 97 79

Elektron pochta: r.mamajonov@dtpi.uz

Bakalavriat:

Raqamli va axborot texnologiyalari

Axborot texnologiyalari

Mediasavodxonlik va axborot madaniyati

Muhandislik va kompyuter grafikasi

Qurilishda axborot texnalogiyalari

Informatikaning nazariy asoslari

Algaritmik tillar va dasturlash asoslari

Dasturlash

Texnik tizimlarda axborot texnalogiyalari

Dasturlash asoslari

Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar

T.F Axborot texnologiyalarni kasbiy faoliyatda qo`llash

Ma’lumotlar bazasi

Kompyuter tarmoqlari

Kiberxavfsizlik asoslari

Sun`iy intilekt asoslari

t.f Bulutlui texnologiyalar

Operatsion tizimlari

Parallel kompyuter arxitekturasi va dasturlash

Signal va dasturlarni qayta ishlash

Tarmoq xavfsizligi

Web ilovalar yaratish

t.f Python dasturlash tili

Individual loyiha

O’rnatilgan tizimlar

Multiagat tizimlar

t.f Java script dasturlash tili

t.f Ma’lumotlarni intelektual tahlil qilish

Zamonaviy dasturlash tillari

Zabonxoi barnomasozi muosir

t.f Amaliy dasturiy paketlar

Mobil ilovalarni yaratish

t.f Katta ma’lumotlarni qayta ishlash

t.f PhP dasturlash tili

Metodikayi omo’zonidani informatika

Vositahon dasturii pedagogiky

t.f Texnologiyahoi multimedy

t.f Zaboni barnomasozii Java Script

t.f 3D grafika va animatsiya

t.f IT-loyihalarni boshqarish

Magistratura:

Основы параллельных вычеслений

Сетевие операционние системи

Проектирование и анализов алгоритмов

Технологии создания мобильних приложений

T.F. Python dasturlash tili

T.F. 1. Mobil ilovalar yaratish

T.F. Ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish

T.F. Masofaviy ta’lim texnologiyalari