O‘zbekiston tarixi fanidan amaliy mashg‘ulot — Said Otaliq madrasasida

14/10/2025

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirining 2019-yil 13-apreldagi 340-sonli buyrug‘iga asosan, 2025-yil 13-oktyabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Tarix ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 11T-24 guruhi talabalari uchun O‘zbekiston tarixi fanidan navbatdagi ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi.

✅ Mazkur mashg‘ulot Buxoro xonligi davriga oid tarixiy yodgorlik — Denov shahrida joylashgan Said Otaliq madrasasi hududida tashkil etildi. Dars jarayonida talabalarga madrasa tarixining yaratilish bosqichlari, uning o‘ziga xos me’moriy uslubi, bezak san’ati hamda Buxoro xonligi davridagi ilmiy-ma’rifiy hayotdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

📍 Tarix va falsafa kafedrasi o‘qituvchisi Tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori, PhD B.Nazirov tomonidan o‘tkazilgan ushbu amaliy mashg‘ulot davomida talabalar qadimiy madrasa me’morchiligini kuzatib, uning o‘z davrida nafaqat diniy-ta’limiy markaz, balki ijtimoiy-ma’naviy hayot markazlaridan biri bo‘lganini bilib oldilar.

🔰 Mazkur tadbir O‘zbekiston tarixini o‘rganishda amaliy yondashuvni kuchaytirish, o‘quv jarayonini tarixiy obidalar bilan uyg‘unlashtirish orqali talabalar bilimini yanada mustahkamlashga qaratilgan.