Talabalar turar joyiga amaliy tashrif

07/10/2025

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 5-fevral kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidagi ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, 2025-2026 oʻquv yili davomida oliy taʼlim muassasalari rektorlarining talabalar turar joylariga tashriflarini tashkil etish boʻyicha maxsus reja-grafik tasdiqlangan edi. Shu reja asosida institut rektori O.Ruziyev 3-4-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Ushbu tashrifda rektor talabalarning fikr-mulohazalari va muammolarini chuqur oʻrganish maqsadida ular bilan ochiq va samimiy muloqot qildi. Talabalar yashash sharoitlarini atroflicha koʻrib chiqib, aniqlangan muammolarni joyida hal etish uchun masʼul shaxslarga aniq topshiriqlar berdi.

Suhbat yakunida talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar uchun iliq, mehr-muhabbat bilan dasturxon yozildi, bu oʻquv yurtida doimiy ravishda talabalar farovonligini taʼminlash va ular bilan yuqori darajada muloqotni davom ettirish aloqadorligini yanada mustahkamladi.