⚡️Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan, ona tili o‘zbek tili bo‘lmagan xorijiy talabalar o‘rtasida “O‘zbek tili — qalbim tarjimoni” nomli ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalarni ona tiliga bo‘lgan mehr-muhabbatini oshirish, ularning o‘zbek tilidagi so‘zlashuv madaniyatini rivojlantirish va tilga oid ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.