🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruzyiev “Buyuk kelajak” MFY mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda, ushbu mahallada joylashgan ko‘p qavatli ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar oldi va yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishdi.
🖌 Ularning kundalik ehtiyojlari va muammolari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, uy egalari bilan muloqot qilib, talabalar uchun qulaylik va xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
📕 Institut rektori va mas’ullar tomonidan talabalarga bo’sh vaqtini til o’rganish, kitob o’qish yangi bilimlarni egallash bo’yicha fikrlar almashildi. Mahalla hududida joylashgan “Oila kutubxonasi”da bo‘lishib, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari bo‘lgan asarlar mutolaasiga e’tibor qaratishdi.
🔰 Shuningdek, talabalarga odob-axloq qoidalari, yurtimizdagi ta’lim islohotlari va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berishdi.