Sinada Surxondaryoning milliy taomlari sayli ōtkazildi

27/09/2025

Denov tumanining Sina qişloḡida Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Turizm qōmitasi hamkorligida “Milliy taomlar sayli” ōtkazildi. Tadbirda Termiz şahri va tumanlardan taşrif buyurgan mohir oşpazlar ōz hududlariga xos milliy taomlarni namoyiş etdilar.

Milliy uslubda bezatilgan pavilonlarda pazandalar turli taomlarni tayyorlaş jarayonlarini, ularning tayyorlaniş usuli, udum va anʼanalarini iştirokçilarga amaliy tarzda kōrsatib berdi.

Sayl mehmonlari — xorijiy sayyohlar, viloyatimiz va respublikaning turli hududlaridan taşrif buyurganlar — non, patir, somsa, tandir kabob, gōştli oş kabi ōzbek milliy taomlarining tayyorlaniş jarayonini tomoşa qildilar, ularni tatib kōrib, yuqori baholadilar.

Tadbir doirasida milliy ōyinlar, xalqona musobaqalar va sport bellaşuvlari ham taşkil etildi. Bu çiqişlar tomoşabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Sayil yakunida “Eng yaxşi taom”, “Eng yaxşi oşpaz” va “Eng kōp milliy taom tayyorlagan oşpaz” nominatsiyalari bōyiça ḡoliblar aniqlanib, diplom, maxsus statuetka va esdalik sovḡalari bilan taqdirlandilar.