⚡️ 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida “Do‘stlik” ordeni sohibi, taniqli tarixchi olim va ustoz Habibullo Ismatullaev ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rektori O.Ruziyev, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar qatnashdilar.
📌 Mazkur uchrashuvda Habibullo Ismatullaev o‘zining boy hayotiy va pedagogik tajribalari, ilm-fan yo‘lida bosib o‘tgan mashaqqatli mehnat yo‘li haqida samimiy suhbat olib bordi. Tadbir davomida yoshlarga ilm olish, kasbga sadoqat, ustozlarga hurmat va vatanparvarlik kabi yuksak qadriyatlar targ‘ib qilindi. Bu kabi uchrashuvlar yosh avlodning ongini boyitib, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.