⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri Mamajanov Raxmatilla Yakubjanovich hozirda Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi. U 2025-yil 15–16 sentyabr kunlari Barnaul shahrida o‘tkazilgan IV Xalqaro Altaistika Forumida “Slavyan-turk dunyosi Buyuk Altay hududida: tarix va zamonaviylik” mavzusida ishtirok etdi.
📌 Mazkur tashrif Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Altay Davlat Universiteti o‘rtasidagi ilmiy va ta’limiy hamkorlik doirasida amalga oshirilmoqda. Institutlar o‘rtasida Kompyuter injiniringi yo‘nalishi bo‘yicha 1+1 magistratura qo‘shma dasturi ham faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti magistratura bosqichi talabalari Altay Davlat Universitetida o‘qishni boshladilar.