Jarayon

16/09/2025

⚡️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor A.Mengliboyev 2-sonli talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarning holidan xabar olish maqsadida TTJga tashrif buyurdi.

📌 Tashrif davomida talabalar turar joyidagi jihozlarning sozligi va talabalarning ovqatlanish, dam olish hamda dars tayyorlash sharoitlari o’rganildi.

🔹 Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan xorijiy fuqaroligi bo’lgan talabalar bilan ham suhbat olib borildi. Ular yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

🔸 Birinchi prorektor talabalar bilan suhbat jarayonida ular tomonidan bildirilgan muammo va kamchiliklar bartaraf etilishini ta’kidladi.