AQShda stajirovka o‘tang!

05/09/2025

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan yosh olimlarni stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov e’lon qilindi!

G‘oliblar 2025-yil davomida AQShning Texas universitetiga 6 oylik stajirovka o‘tash uchun yuboriladi.

Hujjatlar 2025-yilning 15-oktabr (shu kuni ham 23:55gacha) sanasiga qadar “internship.ilmiy.uz (https://internship.ilmiy.uz/annoucement/9)” – xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

❗️Boshqa elektron manzil (edo.ijro.uz, exat, Agentlik va Vazirliklarning rasmiy elektron pochta manzillari va xk.) va/yoki Agentlik mas’ul xodimlarining rasmiy elektron pochta manzillari orqali kelib tushgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

☎️ Ma’lumot uchun: +99871 203 32 23 (541)