🔹Bugun Aniq va tabiiy fanlar fakultetining 1-kursga qabul qilingan talaba-qizlari bilan “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Xasanova, psixolog D.Xolmo’minova, institut uchastka noziri S.Suvonova va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
🔸Suhbat davomida talabalarga institut odob-axloq qoidalari, kiyinish odobi haqida ma’lumotlar berilib, “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunning mazmun mohiyati tushuntirildi. Talaba qizlarga orzu va maqsadlar hamda kelajakdagi muvaffaqiyatlar faqat o‘z harakatlariga bog‘liq ekanligi, shu sababli, o‘z oldilariga aniq maqsad qo‘yish, uni amalga oshirish uchun doimiy harakat qilish eng muhim qadamlardan biri ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Shundan so‘ng institut psixologi D.Xolmo’minova tomonidan qizlarga “Psixolog faoliyati” haqida tushunchalar berib o‘tildi.