Tanishuv uchrashuvi

06/09/2025

⚡️ Aniq va tabiiy fanlar fakulteti 1-bosqich talabalari uchun fakultet dekani B.Iraliyev, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i I.Sattorov, ta’lim sifatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i D.Shukurov hamda talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i D.Bekmurodovlar tomonidan tanishuv uchrashuvi tashkil etildi.

🎓 Tadbir davomida talabalarga:
🔹 Fakultetda yaratilgan sharoitlar,
🔹 Amaliyot jarayonlari,
🔹 Ta’lim sifati va imkoniyatlari,
🔹 Iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

📌 Uchrashuv yoshlarni faol bo‘lishga, o‘z bilim va salohiyatlarini to‘liq namoyon etishga undadi.