1-kurs talabalari bilan uchrashuv va tanishtiruv!

08/09/2025

🔻 Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘lim boshlig‘i I.Sattorov 1-kurs talabalari uchun bo‘lim faoliyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va boshqa nomli davlat stipendiyalari haqida batafsil maʼlumot berdi.

✅ Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, bo‘limning vazifalari, imkoniyatlari va ilmiy yo‘nalishlari, ilmiy loyihalarda qatnashish tartibi va mentorlar bilan ishlash, nomli davlat stipendiyalarga ariza topshirish shartlari (hujjatlar, baholash mezonlari), grant va ilmiy loyiha yozish bo‘yicha amaliy yordam va treninglar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.