Kredit-modul tizimi haftaligi davom etmoqda

08/09/2025

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakultetida kredit-modul tizimi asosida o‘quv jarayoniga yangi qabul qilingan birinchi bosqich talabalari uchun tanishtiruv haftaligi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Filologiya fakultetining kechki ta’lim shaklida o‘qitiladigan Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili hamda Ona tili va adabiyoti: rus tili yo‘nalishlariga qabul qilingan talabalar ishtirokida o‘tkazildi.

📌 Kredit haftaligi doirasida talabalarga kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, o‘quv rejalari, fanlar ro‘yxati, baholash mezonlari, dars jarayonida talab qilinadigan faoliyatlar hamda talabaning mustaqil ta’limi qanday tashkil etilishi haqida batafsil tushuncha berildi.