Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida xorijlik abituriyentlarga qabul jarayoni!

30/08/2025

⚡️2025/2026 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan xorijiy fuqarolar uchun suhbat jarayonlari 30-avgust kuni muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

🔹 Suhbat davomida abituriyentlarning kasbiy ishtiyoqi, ta’lim yo‘nalishiga oid bilimlari hamda intellektual salohiyati komissiya a’zolari tomonidan baholandi. Jarayon institut tomonidan yaratilgan qulay sharoitlar asosida, onlayn tartibda (ZOOM platformasi orqali) tashkil etildi.

🔰 Maxsus komissiya tomonidan qaror qabul qilinib, belgilangan talablarga javob bergan xorijiy fuqarolar institutning bakalavriat bosqichiga o‘qishga qabul qilindi. Ushbu jarayon institutimizning xalqaro hamkorlikdagi faoliyatini kengaytirish va ta’lim eksportini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.