1-bosqiçga tavsiya etilganlar abituriyentlar diqqatiga!

16/08/2025

2025/2026-ōquv yili uçun oliy taʼlim muassasalariga kiriş test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilindi (https://t.me/eduuz/37040).

Maʼlumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalar turar joyiga joylaşiş uçun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuboriş imkoniyatiga ega.

Hozirda 1-bosqiçga tavsiya etilgan abituriyentlar tōḡrisidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi” axborot tizimiga yuklaş jarayoni olib borilmoqda. Şu sababli talabalar tomonidan ariza yuboriş xizmati hozirça işga tuşmagan.

Mazkur texnik işlar yakunlangaç, 1-bosqiçga tavsiya etilgan abituriyentlar ariza yuborişlari mumkin bōladi. Bu haqda qōşimça maʼlumot rasmiy manbalar orqali eʼlon qilinadi.

☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Şundan sōng, umumiy rōyxatdagi talabalar uçun yotoqxonada ortib qolgan ōrinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uçun 55 — 65 foizgaça joy ajratiladi.