Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari boʻyicha maʼlumotlar markazi” faoliyati davom etmoqda
📌 Talabalarni turar joy bilan taʼminlashda navbatlar va sarsongarchiliklarning oldini olish, talabalarning turar joysiz qolishlari ehtimolini bartaraf etish, ularni munosib va xavfsiz yashash sharoiti bilan taʼminlash maqsadida DTPIda maxsus markaz faoliyati o’z ishini davom ettirmoqda.
⚡️Markaz talabalarga quyidagi masalalarda ko‘mak beradi: institut yotoqxonasiga joylashish, o‘quv muassasasiga yaqin joydagi ijara xonadonlarini topish, turar joy bilan bog‘liq muammolarni hal etish. Ayni paytda institut 950 o‘ringa mo‘ljallangan 1-2-3-4-son TTJ binolari mavjud. Shuningdek, markaz 300 ta yashil va sariq hududlarda joylashgan, o‘quv muassasasiga yaqin va qulay infratuzilmaga ega ijara xonadonlarini talabalarga taklif etmoqda.