Doklad bilan qatnashdi

09/08/2025

🏛 Umumiy fizika va qurilish muhandisligi kafedrasi oʻqituvchisi Zamonova Shahlo Safar qizi ilmiy izlanishlar doirasida Toshkent viloyati Nurafshon shahri va Zangiota tumanidagi umumtaʼlim maktablari fizika fani oʻqituvchilari avgust seminarida “Fizika oʻqitishda muammoli taʼlim texnologiyalarining oʻrni” mavzusida doklad bilan qatnashdi.

🖌 Seminar ishtirokchilarning faolligini oshirishda muammoli taʼlim texnologiyalaridan foydalanish haqida qizgʻin bahs munozaralar bilan oʻtdi.