Germaniya Bundestagi prezidenti homiyligidagi stipendiya dasturi

07/08/2025

Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolari uchun Xalqaro parlament stipendiyasi (IPS) dasturiga arizalar qabul qilinishini e’lon qiladi!

🎓 Dastur haqida:
Germaniya Bundestagi Prezidenti homiyligidagi mazkur stipendiya — o‘z mamlakatida boshqaruv, jamiyat va siyosat sohalarida faol bo‘lish salohiyatiga ega bo‘lgan yosh universitet bitiruvchilari uchun noyob imkoniyatdir.

📅 Dastur davomiyligi:
🗓 2026-yil 1-martdan 2026-yil 31-iyulgacha (4 oy)

🧠 Dastur imkoniyatlari:

Germaniya parlament tizimini nazariy va amaliy o‘rganish
Bundestagdagi deputat yordamchisi sifatida amaliyot
Siyosiy va ijtimoiy aloqalarni kengaytirish
Germaniya bilan hamkorlikda ishlash istiqbollari

✅ Talablar:

O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish
Oliy ta’limni yakunlagan bo‘lish
Nemis tilini kamida B2 darajasida bilish
Siyosat va jamiyat sohasiga chuqur qiziqish
Faol fuqarolik ishtiroki
30 yoshdan oshmagan bo‘lish (1996-yil 1-martdan keyin tug‘ilgan)

Al-Farobiy -“Eng yaxshi jamiyat – bu bilimdonlar boshqaradigan jamiyatdir.”

📩 Ariza topshirish muddati:
🗓 2025-yil 31-avgustgacha

📎 Hujjatlar (PDF formatda) quyidagi manzilga yuboriladi:
✉️ [info@tasc.diplo.de](mailto:info@tasc.diplo.de)

🔗 To‘liq ma’lumot va hujjatlar ro‘yxati uchun havola:
🌐 [bundestag.de – IPS O‘zbekiston sahifasi](https://www.bundestag.de/europa_internationales/ips/usbekistan-637874)

✊ Kelajak liderlari safida bo‘lishni xohlaysizmi? Ushbu xalqaro tajriba sizni siyosiy, fuqarolik va ijtimoiy yetakchilik sari yo‘naltiradi!