⚡️ 2025-yil 31-iyul kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda 2024–2025-o‘quv yilini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchi talaba-yoshlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
🔹 Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning kelajakdagi mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish, hayotda munosib o‘rin topishlariga ko‘maklashish hamda yurtimiz kelajagi uchun yetuk kadrlar qilib yetishtirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida bitiruvchilar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning huquqiy madaniyatini oshirish, mehnat bozoridagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirishga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Shuningdek, ishtirokchilarga ishga joylashish tartibi va davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Uchrashuv yoshlarni ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga undashda muhim ahamiyat kasb etdi.