“Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovi yosh olimlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini oshmoqda
30/07/2025
2025-yil 7-maydan 30-iyunga qadar o‘tkazilgan “Akademik harakatchalik” dasturi tanloviga 198 talabgor hujjat topshirgan edi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 23 nafar ishtirokchi g‘olib deb topildi.
⚡️ Ular orasida DTPI Aniq va tabiiy fanlar fakulteti “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi professor-o’qituvchilari, kafedra dotsenti, Dilmurod Shukurov “Yarimo‘tkazgich pigment materiallar sintezi va ularni yangi avlod quyosh elementlarini olishda qo‘llash” mavzusidagi ilmiy ishlanmasi bilan, shuningdek, kafedraning yana bir faol izlanuvchisi — katta o‘qituvchi Dilshod Yo‘lliyev “Tarkibiga magnetit zarrachalari kiritilgan PVS yordamida oqova suvlarni tozalash” mavzusidagi innovatsion loyihasi bilan muvaffaqiyatli qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar ham bor.