Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

26/07/2025

25-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, ichki nazorat bo‘limlari va hududiy bo‘linmalar ishtirokida korrupsiyaning oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov tizimda shaffoflikni kuchaytirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va ichki nazoratni mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov va Senat qo‘mitasi raisi Abdulhakim Eshmurodov tizimdagi xatarlar, ularni bartaraf etish va qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan fikr bildirdi.

Yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi va ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi qayd etildi.