Surxondaryo viloyati hokimi bitiruvçi yoşlar bilan oçiq muloqot ōtkazdi
12/07/2025
Surxondaryo viloyati hokimi Uluḡbek Qosimov joriy yilda oliy taʼlimni muvaffaqiyatli yakunlagan, faolligi va taşabbuskorligi bilan ajralib turgan yoşlar bilan uçraşdi.
Muloqotda yoşlarning fikr va takliflari tinglandi, ularni amalga oşiriş, bitiruvçilarni munosib iş ōrinlari bilan taʼminlaş masalalari muhokama qilindi. Bildirilgan takliflar asosida aniq vazifalar belgilandi.
Yoşlarni qōllab-quvvatlaş, ularga tayanç bōliş — har bir rahbarning ustuvor vazifasiga aylanişi kerak. Men ham, barça rahbarlar ham sizlarga yordamçi bōlamiz, — dedi viloyat hokimi.
Uçraşuv yakunida hokim ōrinbosarlari, boşqarma va taşkilot rahbarlariga bitiruvçi yoşlar biriktirilib, ularning bandligini taʼminlaş vazifasi yuklatildi.
Maʼlumot uçun, joriy yil Surxondaryo viloyatida 15 700 nafardan ortiq yoş oliy taʼlim muassasalarini tamomladi.