⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talaba-yoshlari o’rtasida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida institut rektori Oybek Ruziyev hamda Denov tuman IIB vakillari bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazdi.
📌 Uchrashuv davomida bitiruvchi talabalarga yo‘l-yo‘riq, samimiy tilaklar bildirildi va ularning kelgusi faoliyatlari, kasb tanlovi, jamiyatdagi o‘rni, bilim va salohiyati haqida muhim fikrlar ilgari surildi. Qolaversa, talaba yoshlarga “Kelajakka qadam” loyihasi va talabalarning bandligi masalasi bo’yicha alohida tushunchalar berildi.
🔹 Institut rektori bitiruvchilarga ishonch bildirdi hamda ulardan vatan taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shadigan yetuk, mas’uliyatli, izlanuvchan va fidoyi mutaxassislar bo‘lishlarini kutib qolishini ta’kidladi.