Ta’lim granti tanlovi uchun arizalar qabul qilinadi
07/07/2025
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga asosan davlat (https://www.lex.uz/uz/docs/-7429154) grantlarini qayta taqsimlash tartibi belgilangan.
Ta’lim granti tanlovida 2024/2025 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan birinchi kurs talabalari ishtirok etishi mumkin.
Ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
Ro‘yxatdan o‘tmagan yoki 20-iyuldan keyin murojaat qilgan, shuningdek, ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalar ta’lim granti tanlovida ishtirok eta olmaydi.
Savollar yoki ro‘yxatdan o‘tishda muammolar bo‘lsa Registrator ofisiga murojaat qilishingiz mumkin.
Manzil: Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Sh.Rashidov ko‘chasi, 360-uy, 2-qavat, 210-xona +998 76 228 08 27