Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 7–19-iyul kunlari ōtkaziladi
07/07/2025
2025/2026-ōquv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat taʼlim yōnalişlariga rōyxatdan ōtgan abituriyentlar uçun imtihonlar respublika bōyiça 2025-yil 7–19-iyul kunlari 52 ta oliy taʼlim muassasasida ōtkazilişi belgilandi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi şaxsiy kabinetiga yuborildi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan: ➖ōzlarining şaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda iştirok etiş ruxsatnomasini yuklab olişlari; ➖ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boşlanişidan bir soat oldin yetib borişlari sōraladi.